"Roma" "Barselona" bilan o'ynashdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Roma" "Barselona"ga qarshi Joan Gamper o'yinida maydonga tushmasligini e'lon qildi, deb xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, Italiya klubi shartnomani bir tomonlama bekor qilgan va 2022/2023 yilgi mavsumga tayyorgarlik samaradorligini oshirish maqsadida yozgi o'rtoqlik o'yinlari taqvimini o'zgartirish zarurati tufayli shunday qarorga kelganini bildirgan.
"Roma" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin 6 avgust kuni Barselonadagi "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tishi kerak edi. Endilikda Kataloniya klubi yangi raqib qidirmoqda va tovon puli uchun sudga murojaat qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220