Bernd Leno "Arsenal"ni tark etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79
35
"Arsenal" darvozaboni Bernd Leno joriy yozgi transfer oynasida jamoani tark etmoqchi. PSV klubi germaniyalik darvozabon xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Kicker xabar bermoqda.
Nemis futbolchisi 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borish uchun ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lishga umid qilmoqda, dedi manba.
Bernd Lenoning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. 30 yoshli germaniyalik futbolchi 2018 yilda “Bayer”dan 25 million evro evaziga o'tganidan beri London klubi safida barcha musobaqalarda 122 ta o'yinda maydonga tushdi. O'tgan mavsumda Angliya poytaxti klubining nemis darvozaboni "kanonirlar" safida barcha musobaqalarda bor yo'g'i ettita o'yin o'tkazdi.

Bosh sahifaga
191