"Manchester Siti" Sterlingni sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Manchester Siti" "Chelsi"ga jamoa hujumchisi Raxim Sterlingni sotishga tayyorligini ma'lum qildi. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, yaqin orada londonliklar vingerning transferi bo'yicha yangi taklif bilan chiqishadi.
“Ko'klar” allaqachon bitta taklif bilan chiqishgandi, ammo “shaharliklar” uni rad etishdi.
Oldinroq "Man Siti" 27 yoshli futbolchi uchun 64 million evro so'rayotgani xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda Sterling "Siti" safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Hujumchining Manchester klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
144