"Real" Asensioning narxini tushirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Madridning "Real" klubi o'z yarim himoyachisi Marko Asensio bilan 30-35 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Bu haqda Goal.com nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Asensioga Italiyaning “Milan” va Angliyaning “Liverpul” klublari da'vogarlik qilmoqda. "Real" Asensioning keyingi mavsumdan maoshini oshirishni talab qilganidan so'ng uni sotishga qaror qildi.
O'tgan mavsumda 26 yoshli Marko "Qirollik klubi" safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196