Mane "Bavariya"ga o'tishdan avval qaysi klub bilan muzokara olib borgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

“Bavariya” klubining yangi futbolchisi Sadio Mane manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Bakari Sisse o'z mijozini borasida Frantsiyaning “PSJ” klubi bilan olib borilgan muvaffaqiyatsiz muzokarasi haqida gapirdi.
“Bizga Parijdan taklif bor edi. Men ularning sport direktori bilan shaxsan gaplashdim. Biz uchrashuvlar o'tkazdik, ular bilan Sadioning ehtimoliy transferi tafsilotlarini muhokama qildik. Biroq, masala bundan keyin ham rivojlanmadi. O'sha paytda Leonardoning ketishini oydinlashib qolganligi uchun uning transfer ishlariga vaqti yo'q edi", - dedi Bakari RMC Sport bilan suhbatda.
Mane shu yozda "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tgan edi. Shartnoma taxminan 35 million evroni tashkil qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291