Suares Evropani tark etdi va o'ziga yangi jamoa topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

“Barselona” va “Atletiko” klublarining sobiq hujumchisi Luis Suares Evropani tark etib, Janubiy Amerikada o'ynashga qaror qildi.
Kristian Martinning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, 35 yoshli to'purar o'z faoliyatini Argentina chempionatida davom ettiradi.
Suares "River Pleyt" safiga erkin agent sifatida qo'shildi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Avvalroq OAVda Luis MLSga o'tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
O'tgan mavsumda urugvaylik to'purar “matraschilar” safida 45 ta uchrashuv o'tkazib, 13 ta gol kiritgan va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282