Dibala kelsa "Inter" ikkita hujumchisini sotadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Hujumchi Paulo Dibala bilan shartnoma imzolansa, "Inter" ikki hujumchidan qutulishi kerak. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Biazin ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Dibaladan tashqari Romelu Lukaku ham "Inter"ga kelishi kerak, u bir yildan so'ng Londonning "Chelsi"sidan ijara asosida yana jamoaga qaytadi. Agar Dibala va Lukaku kelsa, "Inter"da 6 nafar hujumchi bo'ladi - Lukaku, Dibala, Martines, Jeko, Korrea va Sanches.
Ayni damda klubning maoshi bo'yicha birinchi o'rinni egallab turgan Aleksis Sanches endi ketish uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Chilidan keyin 36 yoshli Edin Jeko jamoani tark etish ro'yxatida turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305