"Inter" Shkrinyarning o'rniga APLdan himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Milanning “Inter” klubi bu yozda Angliya Premer-ligasidan yana bir futbolchi sotib olishi mumkin. La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, "PSJ" klubiga o'tishi kutilayotgan Milan Shkrinyarni o'rniga "neradzurrilar" "Lester" himoyachisi Chaglar Seyunjyuni "Juzeppe Meatsa" olib kelishi mumkin.
Biroq turkiyalik himoyachining transferini amalga oshirish juda qiyin bo'ladi, chunki "Lester"ning katta talablari va "Inter"ning o'zida moliyaviy muammolar bor. "Inter"ga "Fiorentina" bilan shartnomasi tugashiga atigi bir yil qolgan Nikola Milenkovichni sotib olish osonroq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Seyunjyuga avvalroq Ispaniya va Angliyaning top-klublari qiziqish bildirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280