Ronaldu "MYu"ning sardoriga aylanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachi Garri Maguayrni sardorlik bog'ichidan mahrum qilishga qaror qildi. Klub jamoani maydonga sardorlik bog'ichida olib chiqadigan boshqa futbolchini tanlash niyatida.
Mirror nashri xabariga ko'ra, bu nomga asosiy da'vogarlardan biri jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldudir. Yaqin orada "mankunianliklar" ustozi Erik ten Xag 37 yoshli portugaliyalik sardorlik bog'ichini taklif qiladi. Shu tariqa, murabbiy klubning KriRo bilan keyingi hamkorlikka qiziqishini namoyish etadi.
Avvalroq, hujumchi kelasi mavsum oxirigacha "Old Trafford"da qolishi ma'lum bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301