"Real" ispaniyalik iqtidorli futbolchini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Madridning “Real” klubi “Deportivo”ning yosh hujumchisi Noel Lopesni sotib oldi. Transfermarkt xabariga ko'ra, bu kelishuv poytaxt jamoasiga 600 ming evroga tushgan.
Dastlab, 19 yoshli hujumchi "Kastilya" tarkibida o'ynaydi, keyin asta-sekin asosiy jamoaga jalb qilinadi.
Lopes Ispaniya yoshlar terma jamoasi o'yinchisi bo'lib, u uchun oltita o'yin o'tkazgan.
O'tgan mavsumda u "Deportivo" tarkibida 28 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va bitta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251