"Fiorentina" Umtitiga jiddiy qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

"Fiorentina" "Barselona"ning frantsiyalik himoyachisi Samuel Umtitiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi yozgi transfer oynasida frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash variantni ko'rib chiqmoqda. "Binafsharanglar" tarkibida Umtiti "Atletiko" qiziqayotgan serb Nikola Milenkovich o'rnini egallashi mumkin.
28 yoshli Umtiti o'tgan mavsumda "Barselona" safida bor-yo'g'i bitta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250