Galte hozircha "PSJ"ni boshqara olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

“Nitstsa” bosh murabbiyi Kristof Galte Parij klubi Maurisio Pochettino uchun tovon puli miqdori bo'yicha kelishuvga erishmaguncha “PSJ”ni boshqara olmaydi.
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, Pochettino va "PSJ" o'rtasidagi muzokaralar hali ham davom etmoqda va so'nggi bir necha soat ichida hech qanday muvaffaqiyatga erishilmagan.
Oldinroq parijliklar klubi bosh murabbiyi tovon puli to'lanishi sababli jamoa rahbariyati bilan mojaroga uchragani xabar qilingandi.
Pochettino parijliklar klubidan chetlatilganidan keyin Galte "PSJ"ni boshqaradi. 2021 yilda mutaxassis “Lill” bilan Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194