Marselo AQSh klubidan kelgan taklifga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo MLSning "Los-Anjeles" klubidan kelgan taklifni rad etdi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 34 yoshli braziliyalik futbolchi faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi.
Shu yozda himoyachi Madrid klubini erkin agent sifatida tark etgandi.
2007 yildan buyon "Qaymoqranglilar" tarkibida harakat qilgan Marselo olti marta Ispaniya chempioni bo'ldi, besh marta Ispaniya Superkubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqdi, uch marta UEFA Superkubogi va ikki marta Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, to'rt marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida “Los-Anjeles” Italiya terma jamoasi safida Evropa chempioni Jorjio Kellini bilan shartnoma imzolagan edi. Shuningdek, yaqin kunlarda “Real”ning yana bir sobiq futbolchisi Garet Beylning Amerika klubiga o'tishi rasman e'lon qilinadi.

Bosh sahifaga
203