Sanches "Vilyarreal"ga o'tishni istamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches Ispaniyaning "Vilyarreal" klubiga o'tishdan bosh tortdi, deya xabar beradi Football Italia.
Avvalroq, 33 yoshli chililik futbolchi "Galatasaroy", "Sevilya" va "Marsel" bilan ham variantlardan voz kechgandi.
33 yoshli Aleksis Sanchesning "Inter" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Milan klubi yuqori maosh tufayli futbolchidan qutulmoqchi.
"Barselona", "Arsenal" va "Manchester Yunayted"ning sobiq forvardi o'tgan mavsumda "neradzurrilar" safida barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194