Fernandino faoliyatini Braziliyada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76

Yarim himoyachi Fernandino faoliyatini Braziliyada davom ettiradi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 37 yoshli braziliyalik futbolchi "Atletiko Paranaense" bilan shartnoma imzolaydi. Shartnoma ikki yilga mo'ljallangan.
Fernandino "Manchester Siti"da 2013 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda, 2021/22 yilgi mavsum oxirida yarim himoyachi erkin agent sifatida klubni tark etdi. U o'tgan mavsumda 32 o'yin o'tkazib, 2 gol va 2 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216