Mane "Bavariya"da qaysi raqamda harakat qilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

"Bavariya"ning yangi a'zosi Sadio Mane myunxenliklar safida 17-raqamda o'ynaydi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.
Avvalroq, hujumchi Germaniya chempioni bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagani ma'lum bo'lgandi.
“Men “Bavariya” libosida 17-raqamni kiyishga qaror qildim. Jamoam va bu raqam bilan katta muvaffaqiyatlarni nishonlamoqchiman. Endi men yangi jamoadoshlarim bilan mavsumga tayyorlanishni intiqlik bilan kutyapman", - deya Manening so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Avvalroq Jerom Boateng, Mark van Bommel, Kristian Tsige va Torsten Fink “Bavariya”da ushbu raqamda harakat qilishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214