Eriksen uchun kurashdan sobiq klubi chiqib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen tez orada faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini hal qilishi kerak, deydi insayder Fabritsio Romano.
30 yoshli futbolchi o'zi bilan shartnomani uzaytirmoqchi bo'lgan "Brentford" yoki "Manchester Yunayted"ni tanlaydi. Yarim himoyachiga "Tottenxem" ham qiziqish bildirgan, biroq London klubi Eriksen uchun kurashdan voz kechgan va boshqa transfer maqsadlariga e'tibor qaratgan.
Yarim himoyachi 2022 yilning yanvaridan beri "Brentford"da to'p tepadi va jamoada 10 o'yinda 1 gol va 3 golga assistentlik qildi. Yozda u erkin agent maqomini olishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215