"Atletiko" Yuranovichga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Sky Sports xabariga ko'ra, "Atletiko" "Seltik" himoyachisi Yosip Yuranovichga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi yangi o'ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi, chunki Shime Vrsalkoning shartnomasi yakunlangan va Daniel Vass kelasi mavsumda 34 yoshga to'ladi.
Yuranovichning "Seltik" bilan shartnomasi 2026 yilning 31 mayigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 4 million evroga baholamoqda.
26 yoshli himoyachi o'tgan mavsumda klub safida barcha turnirlar doirasida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217