"Manchester Yunayted" De Yong uchun taklifini oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Ingliz klubi futbolchining transferi bo'yicha taklifni bonuslarni hisobga olmaganda 65 million evroga oshirdi, deb yozadi insayder Fabritsio Romano.
Dastlab "Manchester Yunayted" 25 yoshli niderlandiyalik uchun 60 million evro taklif qilgandi.
Shu bilan birga, Frenki de Yong Kataloniya klubini tark etib, Angliyaga o'tishni istamagani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
Frenki o'tgan mavsumda "Barselona" safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215