So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"PSJ" Neymarning diskvalifikatsiyasini bekor qildirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1260
"PSJ" rahbariyati UEFA tartib-intizom qo'mitasining Neymarni diskvalifikatsiya qilish qarorini bekor qildirishga harakat qilib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" klubi Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan chiqib ketganidan keyin parijliklar hujumchisi Neymar o'zining Instagramdagi sahifasi orqali hakam Damir Skominani haqorat qilgandi.
Sloveniyalik hakam o'yin so'ngida to'p Kimpembening qo'liga tekkani bois "PSJ" darvozasiga penalti belgilagandi. Reshford esa 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va "PSJ" musobaqani tark etdi.
"Bu sharmandalik! Videotakrorni kuzatish uchun futbolni tushunmaydigan 4 odamni qo'yishgan. Hech narsa bo'lmagan edi. Futbolchi bunday paytda qanday qilib qo'lini olib qochishi mumkin edi?", — deya yozgan edi Neymar.
UEFA esa bu ishni ko'rib chiqib, braziliyalik futbolchini evrokuboklarning 3ta o'yiniga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi.