Di Mariya rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118
46
Bir vaqtning o'zida bir nechta manbalar tarqatgan xabarlarga ko'ra, argentinalik Anxel di Mariya "Yuventus" bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli olib bormoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Di Mariya “Keksa sinora” safiga ko'chib o'tishga rozilik bergani. Ayni paytda bo'lajak kelishuvning yakuniy tafsilotlari ishlab chiqilmoqda.
Avvalroq, 34 yoshli Anxel di Mariya "Yuventus" tomonidan qiziqish borligini tasdiqlagan, ammo uning boshqa variantlari borligini ta'kidlagan edi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi etti mavsumda Anxel di Mariya "PSJ" sharafini himoya qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219