“Inter” – Dibala uchun eng ideal jamoa
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

“Inter” va Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Diego Milito “Yuventus”ning sobiq hujumchisi, hozirda erkin agent maqomida bo'lgan Paulo Dibalani Milan shahri klubida porlashi mumkinligini aytib o'tdi.
“Ko'ramiz, “Inter” Paulo Dibalani sotib oladimi? U hamma uchun foydali bo'lishi mumkin bo'lgan o'yinchi. Imkoniyat bo'lsa, shartnoma imzolanishi kerak. Paulo allaqachon yaxshi o'yinchilar bilan ta'minlangan klubning qimmatli futbolchisi bo'la oladi.
“Inter” – Paulo Dibala uchun karerasini tiklash nuqtayi nazaridan to'g'ri klub va u ligani o'zgartirishga majbur bo'lmasdi. Dibala A Seriyani yaxshi biladi, uzoq vaqt moslashishga to'g'ri kelmaydi. Jamoa va muxlislar uni yaxshi kutib olishgan bo'lardi, shuningdek, unda qasos olish istagi hal qiluvchi bo'lardi”, – deydi Milito La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Manba: www.championat.com
Bosh sahifaga
215