Pogba “Yuventus”da qancha maosh olishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, jamoada iyul oyi boshida Pol Pogbaning qaytishini e'lon qilish uchun barcha hujjatlar mavjud. Frantsiyalik futbolchining maoshi bir mavsum uchun 8 million evro va bonuslardan iborat bo'ladi.
Eslatib o'tish mumkin, Pol shartnoma muddati tugashi sababli “Manchester Yunayted”ni erkin agent sifatida tark etadi.
Bundan avval “Manchester Yunayted” Pogbaga haftasiga 300 ming funt maosh taklif qilgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244