“Bavariya” vakilllari Ronalduning agenti bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

“Bavariya” sport direktori Hasan Salihamidjich “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendesh bilan suhbatlashdi.
Manbaga ko'ra, Myunxen klubi vakili Mendeshga Ronalduning yoshi katta bo'lgani bois u Levandovskining o'rnini egallay olmasligi haqida aytib o'tgan. Shu sababdan ushbu transfer amalga oshmasligi ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, Krishtianuni “Bavariya”da hurmat qilishadi, lekin u jamoaga kerak emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244