Dzyudo. Davlat Bobonov finalda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

Mo'g'uliston poytaxtida dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” musobaqasi yakuniga etmoqda. Bugun og'ir vazn toifasida o'tayotgan bellashuvlarda hamyurtimiz Davlat Bobonov (-90 kg) final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Tokio-2020 sovrindori dastlab mezbon sportchi, shundan so'ng rossiyalik Mansur Lorsanov, yarim finalda niderlandiyalik jahon chempioni Noel van Endni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Yarim finaldagi g'alabadan so'ng Bobonov niderlandiyalik ashaddiy raqibi bilan o'zaro hisob-kitoblarini 2:3 ko'rinishida qisqartib oldi.
Endi hamyurtimiz oltin medal uchun o'smirlar Olimpiadasi chempioni, rossiyalik Mixail Igolnikov bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275