"Real" supertransfer amalga oshirishi mumkin. Bu safargi nishon "Liverpul" yulduzi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh yozda APLni La Ligaga almashishi mumkin. The Sun nashri xabariga ko'ra, futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda.
Nashrning yozishicha, “Benfika” hujumchisi Darvin Nunes “Liverpul”ga o'tganidan so'ng, “qizillar” Salohni sotishga tayyor ekani va agar 70 million evrolik taklif bo'lsa, potentsial xaridorlarning taklifini qabul qilishga qaror qilgan.
Futbolchi o'tgan mavsumda “Liverpul” safida barcha turnirlar doirasida 51 ta o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
22 iyun kuni mersisaydliklarni yana bir hujumchisi Sadio Maneni tark etdi, u faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi.

Bosh sahifaga
236