APL klubi yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Bornmut" "Blekbern" yarim himoyachisi Jo Rotuell bilan shartnoma imzoladi.
Klub 27 yoshli ingliz futbolchisi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Rotuell shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan “Blekbern”ni tekinga tark etdi.
2021/22-yilgi mavsumda futbolchi jamoasi safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'tgan mavsum oxirida "Bornmut" Angliya chempionatining ikkinchi kuchli divizioni - Chempionshipda ikkinchi o'rinni egalladi va Angliya Premer-ligasiga qaytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226