Botman kelasi hafta Angliyaga uchib keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Nyukasl" "Lill" himoyachisi Sven Botmanning transferini hal qildi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi yangi jamoasiga o'tishini yakunlash uchun kelasi hafta boshida Angliyaga uchib keladi.
"Nyukasl" futbolchi uchun 37 million evro to'laydi, kelishuv futbolchining o'yinlariga qarab potentsial bonus to'lovlarini o'z ichiga oladi.
2021/22-yilgi mavsumda Botman “Lill” safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali himoyachining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237