"Atletiko" vingeri Segundaga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Madridning “Atletiko” klubi vingeri Vitolo yozda jamoani tark etadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi faoliyatini Segundada ishtirok etuvchi "Las-Palmas" safiga borib qo'shiladi.
Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va o'tgan mavsumni u "Xetafe"da ijarada o'tkazdi.
Bu transfer bo'ladimi yoki Vitoloning Madrid klubi bilan shartnomasi bekor qilinadimi, hozircha ma'lum emas. Qayd etilishicha, Diego Simeone unga ishonmaydi.
Vitolo 2017 yilning yozida "Sevilya"dan "Atletiko"ga o'tgan edi. Transfer qiymati 36 million evroni tashkil qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215