"Valensiya" "Napoli" hujumchisini qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

"Valensiya" "Napoli" hujumchisi Matteo Politanoni qo'lga kiritish borasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi La Republicca.
Manbaga ko'ra, ispan klubi 28 yoshli italiyalik uchun 10 million evro va bonuslar taklif qilgan. Neapolliklar futbolchini 18 million evro atrofida baholamoqda, ammo bu narxni tushirishga tayyor.
2021/22 yilgi mavsumda Politano “Napoli” safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212