"Ayaks" Talyafikoga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Ayaks" AZ himoyachisi Oven Vayndalni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Ayaks" 22 yoshli niderlandiyalik futbolchini yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Nikolas Talyafikoning o'rniga potentsial futbolchi sifatida ko'rmoqda. Qayd etilishicha, “Ayaks” AZ bilan muzokaralarda jiddiy muvaffaqiyatga erishgan.
Vayndal AZ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021/22 yilgi mavsumda himoyachi jamoasi safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 12 millionga baholagan
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221