Milenkovichga A Seriya grandlari xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Calciomercato xabariga ko'ra Nikola Milenkovich yozda "Fiorentina"ni tark etishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, 24 yoshli himoyachi xizmatlariga "Inter" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, "Fiorentina" o'z futbolchisini mavsumda erkin agent sifatida qo'yib yubormaslik uchun sotishga tayyor.
Shuningdek, Milenkovichga Angliya Premer-ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Qayd etilishicha, “Inter” vakillari Milenkovichning agenti bilan allaqachon aloqa o'rnatgan.
2021/22 yilgi mavsumda 24 yoshli serb A Seriyada 34 ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213