"Vest Xem" Lingardga shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71

Sky Sports xabariga ko'ra, "Vest Xem" hujumkor yarim himoyachi Jessi Lingardga shartnoma taklif qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "bolg'achilar" 29 yoshli angliyalik futbolchini tekinga o'z safiga olmoqchi.
2021/22 yilgi mavsumda futbolchi “Manchester Yunayted” safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi 1 iyul kuni “qizil iblislar” bilan shartnomasi tugagach, rasman erkin agentga aylanadi.
Lingard 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Vest Xem"da ijara asosida o'ynagan. O'shanda futbolchi londonliklar safida 16 ta o'yinda 9 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214