"Inter" Lazaro bilan xayrlashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Inter" yozgi transfer oynasida hujumchi Valentino Lazaroni sotmoqchi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 26 yoshli avstriyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagining rejalariga kiritilmagan. Qayd etilishicha, futbolchi Bundesligaga qaytishi mumkin.
2021/22 yilgi mavsumda Lazaro "Benfika"da ijara asosida o'ynadi. Futbolchi lissabonliklar safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.
Transfermarkt.com portali forvardning narxini 6 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214