"Lion" Erediviziyadan futbolchi xarid qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"Feyenoord" himoyachisi Tirell Malasiya "Lion"ga o'tadi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, klublar to'liq kelishuvga erishgan. Rotterdam jamoasi yosh lateral uchun 15 million evro oladi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.
Avvalroq, futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Sevilya" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Malasiya “Feyenoord” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsumda klub safida barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221