Sport kurashlari. Keunimjaeva qit'a chempioni, yana ikki qizimizda bronza
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

Bishkek shahrida (Qirg'iziston) sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U17) va yoshlar (U23) o'rtasida Osiyo chempionati qizg'in pallada. Bugun 23 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, ayollar kurashi musobaqasida hamyurtimiz Aktenge Keunimjaeva (-53 kg) barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi. Hamyurtimiz oltin medal yo'lida qozog'istonlik Ellada Maxyaddinova, hindistonlik Antim Antim, qirg'izistonlik Ayjan Sabirbek qizi hamda mo'g'ulistonlik Hulan Batxuyagdan ustun keldi.
Shuningdek, aylana tizimida o'tgan o'z vazn toifasidagi bellashuvlarda Azoda Esbergenova (-68 kg) hamda Dinora Rustamova (-65 kg) bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

Bosh sahifaga
218