"Monako" murabbiyining ustuvor vazifasi amalga oshdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Biroz avvalroq "Liverpul" hujumchisi Minaminoning "Monako"ga o'tishi haqida xabar bergan edik.
Bunga frantsuzlar bosh murabbiyi Filipp Kleman munosabat bildirdi. "Biz juda xursandmiz, uning transferi avvaldan bizning ustuvor vazifamiz edi", - deydi 48 yoshli mutaxassis.
Minamino o'tgan mavsumda "Liverpul" safida barcha turnirlarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urib, 1 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt sayti 27 yoshli yaponiyalik futbolchini 12 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220