"PSJ" futbolchisi erkin agent sifatida Niderlandiyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

"PSJ" yarim himoyachisi Xavi Simons faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishi mumkin. Frantsiyalik jurnalist Adrien Grenening xabariga ko'ra, yarim himoyachi xizmatlariga PSV klubi qiziqmoqda.
Qayd etilishicha, Simons Niderlandiya klubiga erkin agent sifatida o'tadi. Iqtidorli yarim himoyachining parijliklar bilan shartnomasi iyul oyi boshida yakuniga etadi.
Avvalroq "PSJ" rahbariyati Simonsni yangi shartnoma imzolashga ko'ndira olmayotgandi. Futbolchi "Barselona"ga o'tishni xohladi, ammo hozircha kelishuvga erishilmadi. Xavi "PSJ"ning asosiy tarkibida 7 ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230