UEFA rahbari Kloppning taqvim borasida qilgan shikoyatiga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning qiyin taqvimdan shikoyat qilgan noroziligiga javob qaytardi.
“FIFA va UEFAga hujum qilish har doim oson, ammo bu oddiy. Agar siz kamroq o'ynasangiz, kamroq pul olasiz. Oyiga 1 ming evro oladigan zavod ishchilari kimga shikoyat qilishi kerak", - dedi Cheferin La Gazzetta dello Sport nashriga.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionatining so'nggi mavsumida “Manchester Siti” Premer-liga g'olibiga aylangandi. “Liverpul” g'oliblardan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni egalladi. Klopp “qizillar”ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi va u erda “Real”ga yutqazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238