So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“Salfetka”dagi taklif, 100 kunlik kuzatuv va Materatstsining haqorati. Zidan o'zi haqida bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104
Zinedin Zidan 50 yillik yubileyi arafasida omma oldida chiqish qildi va katta intervyu bilan muxlislarni xursand qildi. Zizu Frantsiyaning L’Equipe nashriga “Real Madrid”dagi faoliyati, 2006 yilgi jahon chempionati va kelajak rejalari haqida gapirib berdi.
Qanday qilib u “Yuve”dan “Real”ga o'tdi: Peresning salfetka taklifi va jurnalistlarning 100 kunlik kuzatuvi
Zidanning Madridga o'tishi uning 29 yoshida faoliyatini yuqoriga ko'tarishning bir usuli: “Menda boshqa tanlov yo'q edi. Men 29 yoshga to'lgan edim, allaqachon tajribam bor edi. Lekin men “Real”da o'ynash imkoniyatini qo'ldan boy berayotganimni bilardim. Qaysidir paytlarda kareramni yuksaltirish uchun menga bu sinov kerak edi”.
“Real Madrid” prezidenti uni qog'oz salfetkaga yozilgan murojaat bilan klubga taklif qildi. “Florentino Peres hazil qilmaydigan odam. U bir ishni amalga oshirish uchun hamma narsa qiladi. Hatto bir hikoyam borki, men uni aytib, haligacha kulgudan o'zimni to'xtata olmayman. Biz u bilan Monakodagi katta stolda tantanali kechki ovqatga o'tirdik. Menga mukofot puli olish taklif qilinganida Peres qo'limga salfetka tutqazdi. Uning ichida “Real Madrid”da o'ynashni xohlaysizmi?”, deb yozilgan edi.
Men u erda Florentinoga ijobiy javob berdim: “Ha”. Nega ingliz tilida yozganimga hali ham hayronman. Hammasi shunday boshlandi”.
Dastlabki bir necha oy davomida Zidanni ispan jurnalistlari tinimsiz kuzatib borishdi: “2001 yilda Madridga kelganimda matbuot vakillari va odamlar 100 kun meni kuzatishdi. Keyin jurnalistlar tinch qo'yishdi, chunki men ularga keraksiz edim. Ular mening kamtarona hayotimni ko'rdilar, unda hech qanday istisno yo'q edi”.
Hozir Zizu Madridni unutmaydi va ba'zida jamoaning uy uchrashuvlariga tashrif buyuradi: “Klub bilan hali ham munosabatim bor. Madridda bo'lganimda “Santyago Bernabeu”ga boraman. Farzandlarim va do'stlarim ham bundan zavqlanishadi. “Stad de Frans”da “Liverpul”ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi finalida ham ishtirok etganman.
JCh-2006: Ispaniyaga qarshi o'yinda jarohat olgan va Materatstsi bilan yuz bergan buyuk voqeadan faxrlanmaydi
Zizu 2006 yilgi jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi 1/8 finalda olgan jarohati haqida ilk bor ma'lum qildi:
“Ispaniyaga qarshi o'yin oxirida – uchinchi golni urganimda jarohat oldim. Bu haqda deyarli hech kim bilmas edi. Tekshiruvga bordim – uning natijasiga ko'ra, Braziliyaga qarshi o'ynay olmasligimni aytishdi. Men esa: “Nima? Men bu o'yinda o'ynamasligim mumkin emas”, – dedim. Tibbiyot xodimlari meni davolash uchun qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Har bir o'yin men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin edi, ammo Braziliyaga qarshi o'ynamaslikning iloji yo'q edi”.
Materatstsi bilan bo'lgan ajoyib sahna ham yodimga tushdi: “O'sha kuni onam juda charchagan edi. Opam bilan bir necha marta telefonda gaplashdim va onamning ahvoli yaxshi emasligini bilardim. Bu jiddiy tuyulmadi, lekin u hali ham tashvishga solardi.
O'shanda Materatsi onamni tilga olmadi. U tez-tez ularni haqorat qilmaganini aytdi va bu haqiqatan edi. Ammo u o'sha paytda onamning yonida bo'lgan – opam Lila haqida gapirdi. Bu meni g'azablantirdi. Men bu harakat bilan faxrlanmayman, lekin u tarjimayi holimning bir qismidir. O'shanda men ruhiy jihatdan kuchsizroq edim”.
Chempionlar ligasida ketma-ket uch karra g'oliblik tasodif emas, mehmonxonaning beshinchi qavati – g'alabalar ramzi
Zidan Chempionlar ligasidagi ketma-ket uchta g'alaba haqida so'zlashdan o'zini tiya olmadi – u “Real” bilan 2016, 2017 va 2018 yillarda chempion bo'lgan.
“Bosh murabbiy etib tayinlanganimdan so'ng, Chempionlar ligasida bunchalik tez g'alaba qozonganimiz meni ajablantirmadi, chunki men nimadir qilsam, buni faqat g'alaba qozonish uchun qilaman. Men g'alaba qozonish uchun yashayman. Men buni har doim ham qila olmayman, lekin doimo bu maqsadni amalga oshirishga urinib ko'raman.
Chempionlar ligasida g'alaba qozonish hech qachon omadga bog'liq bo'lmaydi. Ayniqsa, ketma-ket uch marta bo'lsa. Bu qiyin ish. Uyda bo'lganimda ham miyam stadionda qolib, keyingi mashg'ulotlar haqida o'ylardi”.
Zizuni ikki marta – 2017 va 2020 yilda Ispaniya chempionatida murabbiy sifatida g'alaba qozondi. Frantsiyalik mutaxassis bu sovrinlarni juda qadrlaydi: “Chempionlar ligasida g'alaba qozonish – fantastika, ammo butun mavsumdan keyin eng qiyin va eng yaxshi jihat bu La Liga kubogini qo'lga kiritish”.
Zidan uchun ko'plab g'alabalar ramzi – beshinchi raqam
“Agar bir kuni kimdir mening hayotimda 5 raqamining o'rni haqida so'rasa, bilib olstnkt, ushbu raqamda aql bovar qilmaydigan narsalar bor. Misol uchun, men “Real Madrid” bilan birga besh marta Chempionlar ligasida g'alaba qozonganman: birida futbolchi (2002), yana birida Karlo Anchelottining yordamchisi (2014 yilda) va uch marta bosh murabbiy sifatida (2016, 2017 va 2018 yil). Agar mehmonxonalarning beshinchi qavatida tunab qolsam, albatta, 99 foiz o'yinda g'alaba qozonaman”.
Kelajakdagi rejalari: Frantsiya terma jamoasini boshqarishni xohlaydi, “PSJ” variantni rad etmaydi
Zidan hali ham terma jamoa bilan ishlash imkoniyatini kutmoqda: “Men murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchiman. Umid qilamanki, bir kun kelib Frantsiya terma jamoasiga murabbiy bo'laman. Qachon? Bu menga bog'liq emas. Lekin terma jamoa bilan to'liq tsikl ishlamoqchiman. Men terma jamoada o'ynaganman va bu men bilan sodir bo'lgan eng yaxshi voqea!
Bu sodir bo'lishi kerak, lekin qanchalik tez sodir bo'lishini bilmayman. Endi o'z maqsadlariga ega bo'lgan jamoa bor. Ammo imkoniyat tug'ilsa, men tayyorman. Qachondir ulkan loyoihalarni boshqarishim mumkin. Masalan, klub prezidenti yoki menejeri bo'lish fikri ham yo'q emas”.
Ammo Zidan “PSJ” variantini ham inkor etmaydi – jamoada hech bo'lmaganda ona tilida gaplashiladi, bu Zizu uchun juda muhim.
“Hech qachon hech qachon, demang. Ayniqsa siz murabbiy bo'lganingizda. Futbolchi bo'lganimda menda tanlov bor edi – deyarli har qanday klubga o'tishim mumkin edi. Murabbiy sifatida ishlashim mumkin bo'lgan 50 ta jamoa ro'yxati yo'q. Ikki yoki uchta variant mavjud. Agar klubga kelsam, bu faqat g'alabalar uchun bo'ladi. Men buni butun kamtarlik bilan aytaman. Shu bois har qanday klubga bora olmayman.
Meni cheklab turuvchi omillar bor. Masalan, til. Ba'zi shartlar vaziyatni murakkablashtiradi. Kimdir menga: “Manchesterga borishni xohlaysanmi?”, – deydi. Men ingliz tilini tushunaman, lekin uni mukammal bilmayman. Til bilmasdan klublar bilan ishlayotgan murabbiylar borligini bilaman. Lekin mening uslubim boshqacha.
G'alaba qozonish uchun siz juda jamoaga har jihatdan mos bo'lishingiz kerak. Bu global kontekst. Shaxsan men buning uchun nima kerakligini bilaman”, – dedi Zidan.
Bolaligi qiyinchilik, og'ir sinovlar bilan o'tgan va jinoyatchi to'dalar havfi ostida yashagan o'rtahol oila farzandi bo'lmish Zinedin Zidan dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida gavdalanmoqda. Uning o'tmishi buyuk voqeliklarga qanchalik boy bo'lsa, kelajakda ham, albatta, o'z so'zini aytishga tayyor ekani aniq. Uning keyingi manzili qaer bo'lar ekan, kuzatamiz...
Manba: www.sports.ru