King APLga qaytish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Uotford" hujumchisi Joshua King jamoani tark etish istagini bildirdi. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunida uning jamoasi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 19-o'rinni egallab, Chempionshipga tushib ketgan edi.
"Uotford"dagi davrim tugadi va men jamoani tark etishni xohlayman. Men Angliya Premer-ligasida o'ynashni xohlardim. Hozircha boshqa hech narsa deya olmayman”, - deya Kingning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport Witness.
Eslatib o'tamiz, King faoliyatining katta qismini o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, APLga qaytgan "Bornmut" tarkibida o'tkazdi. Joshua - "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197