Diqqat! bugun viktorina!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1364
Ko'plab muxlislarimiz iltimosiga ko'ra, doimiy saytimizda o'tkazib kelingan, ammo bir qancha vaqt uzilib qolgan «Viktorina» loyihasini davom ettiramiz!
Viktorina haftaning muborak juma kuni o'tkaziladi. Javoblar viktorina yakunlangach e'lon qilinadi. Tanlovda g'olib deb topilgan ishtirokchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Eng asosiysi esa, futbol haqidagi bilimlarini yanada oshirib olish imkoniga ega bo'lasiz.
Bugun soat 22:00da virtual turnirga start beriladi. Ishtirokchilar uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Muxlislar 10 ta test ko'rinishadagi savollarga to'g'ri javobni belgilash orqali tanlovda ishtirok etishadi. 22:30dan keyin berilgan javoblar qabul qilinmaydi.
Viktorinada ishtirok etish uchun registrasiyadan o'tgan bo'lishingiz shart. Tanlovni o'tkazib yubormang. Bugun, 26 aprel soat 22: 00 da!
Tanlov boshlanishida bir necha daqiqa avval maxsus e'lon orqali Futbol viktorinasi sahifasiga havola beriladi