"Manchester Siti" futbolchisi Bundesligaga ko'chib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Leverkuzenning "Bayer" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisini sotib olish arafasida. Gap haligacha "shaharliklar"ning asosiy tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmagan 19 yoshli Sem Edozi haqida ketmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, yosh ingliz tez orada "dorishunoslar" lageriga o'tishni yakunlaydi. Klublar hujjatlarni rasmiylashtirib bo'lgan, shuning uchun transfer vaqt masalasi.
Eslatib o'tamiz, bir necha yil avval "Manchester Siti" ham o'zining yosh futbolchisini Bundesligaga sotib yuborgandi. O'shanda Dortmundning "Borussiya" jamoasi "shaharliklar"dan Jeydon Sanchoni sotib olgan va bir necha yildan so'ng uni "Manchester Yunayted"ga 80 million evroga sotib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187