"Roma" futbolchisi A Seriyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

Niderlandiyalik yarim himoyachi Kevin Strotman faoliyatini “Verona”da davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, huquqlari “Marsel” klubiga tegishli bo'lgan 32 yoshli niderlandiyalik futbolchi Frantsiya jamoasining rejalariga kiritilmagan, shu bois u yangi klub izlamoqda. Strotman bilan shartnoma imzolash uchun asosiy da'vogar Italiyaning "Verona" klubi hisoblanadi. Bungacha futbolchi "Roma", "Jenoa", "PSV", "Utrext" va boshqa jamoalarda ham to'p surgan.
Kevin Strotman o'tgan mavsumda "Kalyari"da ijara asosida o'ynagandi. A seriyada u o'nta uchrashuv o'tkazib, to'rtta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175