Pochettino kompensatsiya pulining kamaytirilishiga rozi bo'lmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76

"PSJ" rahbariyati iste'foga chiqishi kutilayotgan Maurisio Pochettinoga to'lanadigan kompensatsiya pulini kamaytirishga harakat qilmoqda. Argentinalik mutaxassis esa parijliklar bilan murosaga borishni istamayapti.
U shartnomada belgilangan 15 mln evroni talab qilmoqda. Pochettino ushbu summaga o'z yordamchilarining pulini ham kiritgan.
"PSJ" boshqa murabbiy Kristof Galte bilan kelishuvga erishgan, ammo klub dastlab Pochettinoni iste'foga chiqarishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168