"Real" hujumchisiga yangi shartnoma taklif qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Madridning “Real” klubi Rodrigo bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
21 yoshli vinger mavsumni ajoyib tarzda yakunladi, ayniqsa, Chempionlar ligasi yarim finalida zaxiradan maydonga tushganidan so'ng “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. AS xabariga ko'ra, "Real Madrid" yosh braziliyalikga yaxshilangan shartlar asosida yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi.
Rodrigo va "qaymoqranglilar" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan. O'tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 49ta o'yinda qatnashib, to'qqizta gol urdi va o'nta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203