"Real" hujumchisiga "Fenerbexche" qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121
42
Madridning “Real” klubi hujumchisi Mariano Dias faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
AS xabariga ko'ra, "Fenerbaxche" dominikanlik forvard xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Madrid klubi 28 yoshli futbolchining ketishiga xalaqit bermasligi ta'kidlangan.
Dias o'tgan mavsumda La Liganing 9 o'yinida 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 6 million evroga baholamoqda.
Avvalroq, "Fenerbaxche" rossiyalik hujumchi Artem Dzyubaga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189