"Milan" Salibaga e'tibor qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba "rossonerilar"ning e'tiboriga tushdi.
O'tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi "Marsel"da ijara asosida o'tkazdi. U erda futbolchi Frantsiya terma jamoasiga chaqirildi va Liga 1ning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga sazovor bo'ldi.
Salibaning "Arsenal"dagi kelajagi hamon shubha ostida. Insayder jurnalisti Nikolo Skiraning ta'kidlashicha, frantsiyalik futbolchiga "Milan" qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq matbuotda Vilyamga "Napoli" va "Atletiko Madrid" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Saliba o'tgan mavsumda "Marsel" tarkibida 52 o'yinda maydonga tushdi. Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177