Indzagi: "Italiyada oson o'yinlar bo'lmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi Italiya chempionatining 2022/2023 yilgi mavsumi o'yinlari taqvimi haqida fikr bildirdi. Dastlabki turda "neradzurrilar" safarda "Lechche" bilan to'qnash kelishadi.
“Mavsumni endigina A Seriyaga chiqqan jamoaga qarshi o'yin bilan boshlaymiz. Bu qiziq va biz to'liq diqqatimizni jamlashimiz kerak. Italiyada oson o'yinlar bo'lmaydi. Aytgancha, biz haftada ikki marta o'ynaymiz. Tayyorgarlikka mas'uliyat bilan yondashishimiz, uni to'g'ri o'tkazganimizga ishonch hosil qilishimiz, keyin esa har bir o'yinda qat'iy va g'alaba qozonish istagi bilan harakat qilishimiz kerak", - dedi Indzagi "Inter" rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197