Fabregas Braziliya klubi taklifini qabul qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"Monako"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Botafogo"ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi ESPN.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi hozirdanoq Braziliya klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Yarim himoyachi tez orada erkin agentga aylanadi, chunki uning monegaskliklar bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.
35 yoshli Fabregas o'tgan mavsumda "Monako" safida barcha turnirlarda beshta o'yinda maydonga tushdi va birorta gol ham, golli uzatma ham amalga oshirmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197